Xotira kuni tarixi


"Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g'oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo'lmasin, o'z vatani, el-yurtining yorug' kelajagi, beg'ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo'lganlarni, o'z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz.”
I. А. Karimov

7 may 1945 yil:

Reymsda (Fransiya) Ittifoqchilar Germaniya kapitulyatsiyasini qabul qilishdi. Bu kapitulyatsiya 1945 yil 8 maydan kuchga kirdi.

8 may 1945 yil:

Karlsxorstda (Berlin yaqini, Germaniya) “Germaniya qurolli kuchlarining so’zsiz taslim bo’lishi to’g’risida Akt” imzolandi.

24 iyun 1945 yil:

Moskvada ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaga bag’ishlangan parad bo’lib o’tdi.

9 may 1965 yil:

9 may dam olish kuni deb e’lon qilindi.

2 mart 1999 yil:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “9 mayni xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilish to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi.

18 mart 1999 yil

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumxalq bayrami 9 may – Xotira va Qadrlash kunini o’tkazishni tashkil etish to’g’risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Birga ishlaylik!


Agar o'z ajdodlaringizning jasoratini portalga joylashtirib, uni hamma bilishini istasangiz bizga murojaat qiling. Biz sizga yordam beramiz.

Xotira abadiydir!!!